O'zbekcha videoga subtitr qanday yaratiladi
Subtitrni qo'lda yozish bir daqiqalik video uchun ham 10–15 daqiqa oladi. Satrchi nutqni o'zi matnga aylantiradi, tinish belgilarini qo'yadi va har bir so'zni aytilgan vaqtiga bog'laydi — sizga faqat tekshirib chiqish qoladi.
Qadam-baqadam
- satrchi.uz/yaratish sahifasini oching va Telegram yoki email orqali kiring (Telegram orqali kirganlarga har oy 15 daqiqa bepul).
- Video yoki audio faylni tanlang: MP4, MOV, WEBM, MP3, M4A, WAV — 60 daqiqagacha. Ovoz brauzeringizda ajratiladi, video serverga yuborilmaydi.
- "Subtitr yaratish" tugmasini bosing. Bir necha daqiqada subtitrlar tayyor bo'ladi.
- Pleyerda videoni ko'ring: har so'z aytilganda yonadi. Xato so'z bo'lsa, ro'yxatda o'sha qatorni bosib tuzating.
- SRT, VTT yoki TXT faylni yuklab oling — yoki uslubni tanlab, subtitrli videoni (MP4, 1080p gacha) to'g'ridan-to'g'ri yuklab oling.
Telegram orqali
@satrchi_bot ga video yoki ovozli xabar yuboring — subtitrli video va SRT fayl o'sha yerga qaytadi. Balans sayt bilan bitta.
Maxfiylik
Ovoz faqat subtitr tayyorlash uchun ishlatiladi va ishlov tugashi bilan o'chiriladi. Videongiz va matningiz hech kimga berilmaydi va modelni o'qitishga ishlatilmaydi.