Qo'llanma

Premiere Pro va DaVinci Resolve'ga o'zbekcha subtitr qo'shish

Professional montajda subtitrni SRT orqali qo'shish eng qulay: matn alohida qatlamda turadi, uni istalgan payt tahrirlash va uslubini bir joydan o'zgartirish mumkin.

Adobe Premiere Pro

  1. File → Import orqali Satrchi'dan olingan SRT faylni tanlang — u loyiha panelida "Captions" sifatida paydo bo'ladi.
  2. Faylni timeline'ga sudrab qo'ying — alohida subtitr yo'lagi hosil bo'ladi.
  3. Shrift, o'lcham va rangni Essential Graphics (yoki Properties) panelida o'zgartiring.
  4. Eksportda Captions bo'limida "Burn Captions Into Video" ni tanlasangiz, subtitr kadrga kuydiriladi.

DaVinci Resolve

  1. SRT faylni Media Pool'ga sudrab tashlang (yoki File → Import → Subtitle).
  2. Uni timeline'ga qo'ying — Subtitle yo'lagi yaratiladi.
  3. Uslubni Inspector panelida sozlang.
  4. Deliver sahifasida Subtitle Settings → "Burn into video" — subtitr videoga kuydiriladi, yoki alohida fayl sifatida eksport qilinadi.

Subtitr yaratish