Instagram Reels va TikTok uchun subtitr: 7 ta maslahat
Ko'pchilik Reels va TikTok'ni ovozsiz ko'radi. Subtitr bo'lmasa, tomoshabin birinchi soniyalarda nima haqida gapirilayotganini tushunmay o'tib ketadi. Mana yaxshi subtitr uchun qoidalar.
- Ko'pi bilan 2 qator. Uzun gap bir necha ekranga bo'linsin — Satrchi buni avtomatik qiladi.
- Pastki 30–35% ga qo'ymang: u yerda izoh, tugmalar va profil nomi turadi. Subtitr pastdan taxminan chorak balandlikda bo'lsin.
- Yonlardan joy qoldiring: o'ng tomonda like va izoh tugmalari bor.
- Kontrast: oq matn qora chegara bilan yoki qora quti ustida — har qanday fonda o'qiladi.
- Aytilayotgan so'zni ajrating (karaoke uslubi): ko'z matnni ovoz bilan birga kuzatadi, video oxirigacha ko'riladi.
- Yirik va qalin shrift: telefon ekranida kichik matn o'qilmaydi.
- Imloni tekshiring: o', g' va tutuq belgisi to'g'ri bo'lsin — xato subtitr ishonchni pasaytiradi.
Satrchi bilan
Videoni yuklang, uslubni tanlang (pleyerda natijani oldindan ko'rasiz) va subtitrli videoni yuklab oling — u Reels/TikTok xavfsiz zonasiga moslangan bo'ladi.