SRT fayl nima va qanday ochiladi
SRT (SubRip Subtitle) — subtitrlar saqlanadigan oddiy matnli fayl. Unda har bir subtitr uchun tartib raqami, ko'rinish vaqti (boshlanishi va tugashi) va matnning o'zi yoziladi. Shu soddaligi uchun SRT'ni deyarli barcha video dasturlar va platformalar tushunadi.
SRT ichida nima bor
Har bir blok uch qismdan iborat: raqam (1, 2, 3…), vaqt (masalan 00:00:01,200 --> 00:00:03,800) va 1–2 qator matn. Bloklar orasida bo'sh qator turadi. Faylni Bloknot (Notepad) bilan ochib, matnini to'g'ridan-to'g'ri tahrirlash mumkin.
Qayerda ishlatiladi
- YouTube — videoga alohida subtitr sifatida (tomoshabin yoqib-o'chira oladi).
- Montaj dasturlari — CapCut Desktop, Premiere Pro, DaVinci Resolve, Final Cut.
- Pleyerlar — VLC, MPC: video bilan bir xil nomdagi SRT avtomatik ochiladi.
SRT, VTT va subtitrli video farqi
SRT va VTT — alohida fayl: subtitrni yoqish/o'chirish va keyin tahrirlash mumkin. VTT asosan veb-saytlar uchun. Subtitrli video ("kuydirilgan" subtitr) esa matn kadrning o'zida bo'ladi — Instagram, TikTok va Telegram kabi SRT qabul qilmaydigan joylar uchun aynan shu kerak. Satrchi uchalasini ham beradi.